ICHKI ISHLAR SOHASI VAKILLARI E’TIROF ETILDI
2026-10-27 18:25:00 / Yangiliklar

ICHKI ISHLAR SOHASI VAKILLARI E’TIROF ETILDI
🇺🇿Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining mehnati har qancha e’tirofga munosib. Soha xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida tadbir tashkil etildi.
✨Dastlab, shahar hokimi Gavhar Alimova soha xodimlarini bayram bilan muborakbod etdi va Davlatimiz rahbarining tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va sektor rahbarlari ham samimiy qutlovlarini bildirdilar.
⚡️Tadbir davomida xizmat burchiga sadoqati va fidoyiligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligi, viloyat boshqarmasi hamda shahar hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Soha xodimlarining ota-onalari ham tashakkurnomalar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri xodimlarning yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va jamiyat xavfsizligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdi.









