“BYUROKRATIYASIZ O‘ZBEKISTON” JAMOATCHILIK TASHABBUSI O‘TKAZILADI
2026-09-25 15:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi F-68-sonli Farmoyishi bilan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushirilgan. Mazkur dastur doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratiya va ma’muriy yuklamani keskin qisqartirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlantirish vaislohotlar agentligi tomonidan joriy yilning 21-sentabridan 20-noyabriga qadar “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlarning kundalik hayoti hamda faoliyatida uchrayotgan byurokratik to‘siqlar, ortiqcha talablar va murakkab ma’muriy jarayonlarni aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy takliflarni shakllantirish va ilgari surish, shuningdek, jamoatchilikni mazkur jarayonga keng jalb etishdan iborat.
