💸KATTAQO‘RG‘ON: KECHAGI IZLAR, BUGUNGI MANZILLAR
2026-09-19 17:30:00 / Yangiliklar

💸KATTAQO‘RG‘ON: KECHAGI IZLAR, BUGUNGI MANZILLAR
🫥 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun shahrimizda “Kattaqo‘rg‘on: kechagi izlar, bugungi manzillar” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Drama teatrida o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, nuroniylar, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etishdi.
🇺🇿Mas’ul muharrir Jamshid Nosirov shahar hokimining g‘oyasi asosida nashr etilgan kitobning tarixi va ijodiy jamoaning zahmatli mehnati haqida to‘xtalib o‘tdi.
🫥 Namoyish etilgan videorolik esa yig‘ilganlarni bir lahzaga moziyga qaytarib, shahrimizning bugungi shiddatli odimlarini yorqin ko‘rsatib berdi.
✅Shahar hokimi Gavhar Alimova o‘z so‘zida kitobning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi:
"Bu kitob shunchaki qog‘ozga muhrlangan sahifalar emas, unda ota-bobolarimizning mehnati va bugungi xalqimizning orzu-umidlari yashaydi. Kechagi izlarimizni anglamasdan turib, porloq ertamizga mustahkam poydevor qo‘ya olmaymiz".
Ushbu majmua — o‘tmishni anglash va ertangi kunga ishonch bilan boqishga chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir.









