💐KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR HOKIMI ALIMOVA GAVHAR ZAYIROVNANING 15 MAY -XALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
2026-05-15 05:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
💐KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR HOKIMI ALIMOVA GAVHAR ZAYIROVNANING 15 MAY -XALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

💐KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR HOKIMI ALIMOVA GAVHAR ZAYIROVNANING 15 MAY -XALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
Aziz hamshaharlar!
Barchangizni 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Oila — jamiyatning mustahkam tayanchi, inson qalbiga mehr, tarbiya va ezgulik ulashadigan muqaddas dargohdir. Yurtimizda azaldan oila qadri ulug‘lanib, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, ahillik va mehr-oqibat eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etib kelinadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar farovonligini taʼminlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarga ko‘mak berish, farzandlar uchun munosib taʼlim va tarbiya muhitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, sog‘lom va mustahkam oila — tinch va obod jamiyatning poydevoridir. Ayniqsa, farzand tarbiyasida ibrat bo‘layotgan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi ota-onalar, nuroniylar va mehribon onalarning xizmatlari har qancha eʼtirofga munosib.
Azizlar!
Har bir xonadonda mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat va ahillik muhiti mustahkam bo‘lsin. Farzandlarimiz sog‘lom, bilimli va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetsin. Shahrimizda namunali va ibratli oilalar soni yana-da ko‘paysin. Xonadoningizdan fayzu baraka, qut-baraka va quvonch aslo arimasin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat tilayman.
Bayram barchangizga muborak bo‘lsin!
