Kasbi tumani hokimi Töxtamurod Meyliyevning tumanda 2026-yilning 10 oyi davomida fuqarolar murojaatlari bilan işlaş borasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar yuzasidan brifingi
2026-11-06 15:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Endi e’tiboringizni 2026-yilning ötgan 10 oyi davomida tumanda fuqarolar murojaatlari bilan işlaş borasida erişilgan natijalar va mavjud holatga qaratmoqçiman.
Hisobot davrida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Kasbi tumanidagi Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 3 793 ta murojaat kelib tuşgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 311 taga yoki 8,9 foizga köpdir.
Albatta, murojaatlar sonining ortişiga faqat raqamlar nuqtayi nazaridan qaraş töğri emas. Har bir murojaat ortida muayyan insonning hayotiy muammosi, oilasining taşvişi yoki hal etilişi zarur bölgan masala turibdi. Şuning uçun biz uçun asosiy vazifa murojaatlarning sonini kamaytiriş emas, balki ularda kötarilgan muammolarga öz vaqtida va qonuniy yeçim topişdan iborat.
Hisobot davrida kelib tuşgan murojaatlarning mazmun-mohiyati örganilib, ularning kelib çiqiş sabablari tahlil qilindi. Muammolarni hal etişda tuman taşkilotlari va tegişli idoralar bilan hamkorlik yölga qöyilib, har bir masala böyiça amaliy çoralar körildi.
Hurmatli jurnalistlar!
Fuqarolar murojaatlarini körib çiqişda şaxsiy va sayyor qabullar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Endi murojaatlarni körib çiqiş natijalariga aniq raqamlar misolida töxtalib ötsam.
2026-yilning ötgan 10 oyi davomida kelib tuşgan 3 793 ta murojaatning 3 434 tasi körib çiqilgan bölib, ularning 3 145 tasi qanoatlantirilgan. Jumladan, 1 095 ta murojaatda kötarilgan masalalar amaliy jihatdan ijobiy hal etilgan, 2 108 ta murojaat böyiça esa fuqarolarga amaldagi qonunçilik talablari asosida huquqiy ma’lumotlar berilişi orqali masalalar hal etilgan.
Hisobot davri yakuniga qadar kelib tuşgan murojaatlarning 359 tasi körib çiqiş jarayonida, şuningdek, 30 ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan bölib, 201 ta fuqaroga tuşuntiriş berilgan.
Uşbu natijalar murojaatlar bilan işlaşda har bir masalaga alohida yondaşilayotgani, fuqarolarning talab va ehtiyojlarini örganiş hamda ularning qonuniy yeçimini ta’minlaşga e’tibor qaratilayotganini körsatadi.
Tuman hokimi va uning örinbosarlari tomonidan taşkil etilayotgan şaxsiy va sayyor qabullar orqali aholi muammolari bevosita joyiga çiqqan holda örganilmoqda. Qabullarda tegişli taşkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlarning iştirok etişi ta’minlanib, murojaatlarning imkoni boriça şu yerning özida hal etilişiga e’tibor qaratilmoqda.
Bunday muloqotlar fuqarolarni turli idoralarga qayta-qayta murojaat qilişdan xalos etiş, ularning vaqt va mablağini tejaş, şuningdek, rahbarlarning aholi oldidagi mas’uliyatini oşirişga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, aholi tomonidan köp kötarilayotgan içki yöllarni asfaltlaş va şağallaştiriş, içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş, yangi suv quvurlarini tortiş, elektr tarmoqlarini ta’mirlaş, yangi simyoğoçlar örnatiş va elektr simlarini yangilaş kabi masalalarni hal etişga alohida e’tibor qaratildi.
Natijada bir qator mahallalarda yillar davomida yeçimini kutayotgan infratuzilma muammolari bosqiçma-bosqiç bartaraf etildi. Bu esa, öz navbatida, aholining kundalik turmuş şaroitini yaxşilaş, yaşaş manzillarida qulaylik yaratiş va mavjud infratuzilmadan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qildi.
Murojaatlar bilan işlaş samaradorligini baholaşda ularning yönalişlar kesimidagi tahlili ham muhim örin tutadi.
2026-yilning 10 oyi davomida ötgan yilning mos davriga nisbatan bir qator yönalişlarda murojaatlar soni kamaygani kuzatildi.
Jumladan:
iş bilan ta’minlaş masalasidagi murojaatlar 40,8 foizga;
uy-joyni ta’mirlaş va quriş uçun yordam sörab qilingan murojaatlar 48,4 foizga;
elektr hisoblagiçlari bilan boğliq murojaatlar 42,1 foizga;
elektr tarmoqlarini quriş va ta’mirlaş böyiça murojaatlar 24,2 foizga;
içki yöllarni ta’mirlaş böyiça murojaatlar esa 23,3 foizga kamaygan.
Uşbu körsatkiçlar mazkur yönalişlarda muammolarni manzilli örganiş, mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan işlar va körilgan çora-tadbirlarning natijasini ifodalaydi.
Biroq bu raqamlarni barça muammolar töliq hal etildi, degan ma’noda qabul qilmaslik kerak. Har bir kamaygan körsatkiç ortida amaliy iş, har bir hal etilgan murojaat ortida esa fuqaroning qanoatlanişi turişi lozim.
Şu bilan birga, tahlillar ayrim yönalişlarda murojaatlar soni ortib borayotganini ham körsatmoqda. Xususan, bolalar nafaqasi, gaz ballonlarini töldiriş, aliment undiriş va maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqib ketiş masalalari böyiça murojaatlar köpaygan.
Bu esa uşbu sohalarda hali yeçimini kutayotgan muammolar mavjudligini, mas’ul taşkilotlar faoliyatini yanada kuçaytiriş, murojaatlarni keltirib çiqarayotgan sabablarni çuqur örganiş va tizimli çoralar köriş zarurligini anglatadi.
Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, bolalar nafaqasiga ehtiyoji bölgan fuqarolar, aliment undiriş bilan boğliq muammolarga duç kelayotgan şaxslarning murojaatlariga befarq qaraş mumkin emas. Bu borada mas’ul idoralar faqat murojaat kelib tuşgandan keyin emas, balki muammoning oldini oliş nuqtayi nazaridan ham iş olib borişi zarur.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Murojaatlar bilan işlaşda qonuniylikni ta’minlaş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, mas’ul taşkilotlar faoliyati ustidan ta’sirçan nazorat örnatiş masalasi ham doimiy e’tiborimizda.
Hisobot davrida murojaatlarni körib çiqiş jarayonida aniqlangan qonunbuzilişlar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişi, ayrim taşkilotlarda murojaatlar bilan işlaşda yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan prokuratura va adliya organlariga, şuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengaşiga tegişli axborotlar, taklif va taqdimnomalar kiritildi.
Şu bilan birga, fuqarolar murojaatlariga sansolarlik bilan yondaşiş, ularni körib çiqiş muddatlarini buziş, muammolarni yuzaki örganiş va mas’uliyatsizlikka yöl qöyiş holatlari böyiça ayrim taşkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir çoralari körilişi ta’minlandi.
Bizning qat’iy talabimiz şuki, birorta murojaat e’tiborsiz qolmasligi, fuqaro idorama-idora sarson bölmasligi, har bir masalaga qonunçilik talablari va inson manfaatlari nuqtayi nazaridan yondaşilişi şart.
Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri — murojaatlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, mavjud muammolarni faqat oqibati böyiça emas, balki ularni keltirib çiqarayotgan sabablar nuqtayi nazaridan bartaraf etişdir.
Şu maqsadda kelgusi davrda quyidagi yönalişlarga alohida e’tibor qaratamiz:
Birinçidan, aholi murojaatlarida köp kötarilayotgan masalalar böyiça manzilli işlarni kuçaytirib, muammolarning takrorlanişiga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etiş.
Ikkinçidan, bolalar nafaqasi, gaz ballonlari ta’minoti, aliment undiriş va çiqindilarni olib çiqib ketiş kabi murojaatlar köpaygan yönalişlarda mas’ul taşkilotlar rahbarlarining şaxsiy mas’uliyatini oşiriş.
Uçinçidan, şaxsiy va sayyor qabullarning samaradorligini yanada kuçaytiriş, fuqarolar tomonidan kötarilgan masalalarni joyida örganiş va ijobiy hal etiş çoralarini köriş.
Törtinçidan, har bir murojaatning körib çiqilişi va ijrosi ustidan qat’iy nazorat örnatiş, fuqarolarga qabul qilingan qarorlar va amalga oşirilgan işlar yuzasidan öz vaqtida axborot beriş.
Beşinçidan, tuman taşkilotlari rahbarlarining aholi bilan muloqotini kuçaytiriş, murojaatlar bilan işlaşda rasmiyatçilik va beparvolikka yöl qöymaslik.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
Yakuniy xulosa sifatida ta’kidlaşni istardimki, fuqarolar murojaatlari bilan işlaş — bu şunçaki kelib tuşgan ariza va şikoyatlarga javob beriş emas. Bu, eng avvalo, inson manfaatlarini ta’minlaş, aholi işonçini mustahkamlaş va hududdagi mavjud muammolarni aniqlab, ularga amaliy yeçim topiş jarayonidir.
2026-yilning ötgan 10 oyi davomida Kasbi tumanida bu borada muayyan işlar amalga oşirildi, bir qator yönalişlarda ijobiy natijalarga erişildi. Şu bilan birga, murojaatlar tahlili hali yeçimini kutayotgan masalalar ham mavjudligini körsatmoqda.
Biz bu boradagi işlarni izçil davom ettiramiz. Çunki fuqaro murojaat bilan kelganida uning muammosini eşitişgina emas, balki imkoniyat doirasida qonuniy yeçimini ta’minlaş har bir rahbarning asosiy vazifasi bölişi kerak.
E’tiboringiz uçun rahmat!
