Xalqaro hamkorlik

Kasbi tumani hokimi hamda xitoylik investor ishtirokida qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev hamda xitoylik investor o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik investitsiyaviy loyihalar, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar tumanning mavjud resurslari, logistik imkoniyatlari va investitsiyaviy muhitining barqarorligi haqida fikr almashdilar. Xitoylik investor tumandagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirib, hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Mazkur uchrashuv tumanning iqtisodiy salohiyatini yana-da oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam sifatida qayd etildi.
