Buyuk sarkarda xotirasi — avlodlar qalbida mangu
2026-07-08 19:00:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda davrlar davomiyligini ifodalovchi uch avlod vakillari — boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar, ta’lim-tarbiya sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy ustozlar hamda ular izidan borayotgan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida samimiy muloqotlar tashkil etilib, hayotiy tajriba va saboqlar yosh avlodga yetkazildi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va she’riy kompozitsiyalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, buyuk ajdodimizning jasorati, davlat boshqaruvidagi donishmandligi va adolatparvarligi tarannum etilgan chiqishlar tadbirni yanada boyitdi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan mehmonlar yoshlarni yuksak maqsadlar sari intilishga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga chaqirib, azm-u shijoat va adolat — har bir yoshning hayotiy shiori bo‘lishi lozim, deya ta’kidladilar.
Tadbir yakunida qayd etilganidek, bunday uchrashuvlar nafaqat buyuk tarixiy merosni yod etish, balki keksalar tajribasini yoshlar g‘ayrati bilan uyg‘unlashtirish, avlodlar o‘rtasida mustahkam ma’naviy ko‘prik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.




