Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimi o’z samarasini bermoqda
2026-06-23 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun belgilangan rejaga asosan Kasbi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i v.v.b Akram Cho'yanovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

O'tkazilgan qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasiga oid murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
