Fuqarolar qabuli
2026-06-02 12:00:00 / Yangiliklar
Kasbi tumani "Xalq qabulxonasi" binosida hokim va hokim o'rinbosarlarining shaxsiy qabullari bo‘lib o‘tmoqda. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Jasur Yuldoshev hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar holati, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.