Kasbi tumanida IT sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-01 16:30:00 / Yangiliklar

Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ullari Kasbi tumaniga tashrif buyurib, hududda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdilar. Tashrif davomida tumandagi 2- va 3-sonli texnikumlarda bo‘lib, ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarning IT sohasiga qiziqishi o‘rganildi.
Shu bilan birga, tumanda IT shaharchasini barpo etish loyihasining istiqbollari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Unda zamonaviy infratuzilma yaratish, yoshlar uchun innovatsion muhitni shakllantirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Muhokamalar yakunida hududda IT sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

