Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish – dolzarb vazifa
2025-12-20 09:00:00 / Yangiliklar

Kasbi tumani hokimligida tanqidiy-tahliliy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev, tuman prokurori Sanjar Nurmatov, tuman IIB boshlig‘i Otabek Raximov hamda qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tumanda yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar holati, ularning sabablari va oqibatlari atroflicha muhokama qilindi. Jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, dolzarb vazifa ijrosida tegishli soha vakillarining mas’uliyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlarning keng qatlamiga tegishli bo‘lgan masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar yetakchilariga tegishli topshiriqlar belgilab berildi.






