Kasbi tumanida aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2025-12-03 13:00:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Aksilkorrupsiya oyligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mas’ullari, deputatlar, idoralar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni kuchaytirish va davlat organlari faoliyatida ochiqlik tamoyillarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda davlat xizmati jarayonlarida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam hamkorlik qilish, “Ochiq eshiklar kunlari”ni tizimli ravishda o‘tkazib borish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik ishlarni kengaytirish vazifalari belgilab olindi.




