Korrupsiya – halokatga yoʻl!
2025-11-26 20:00:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Joriy yilning 26-noyabr kuni Kasbi tumani hokimligida tuman rahbari To‘xtamurod Meyliyev boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari, prokuratura, ichki ishlar, tuman hokimligi apparat xodimlari va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning oldini olish davlat va jamiyat hayotidagi barcha islohotlar samaradorligini taʼminlaydigan asosiy omil ekanini taʼkidladi.
Yig‘ilishda tumanda huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, oilaviy nizolar oqibatidagi jinoyatlarning ortib borgani, bu borada “mahalla yettiligi” va huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikning sustligi, natijada profilaktik ishlar olib borilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, firibgarlik, ayniqsa, kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida masʼul rahbarlar zimmasiga barcha sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, aholi murojaatlarini tezkor hal etish hamda jamoatchilik faolligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.


