150 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
2025-12-24 09:00:00 / Yangiliklar
Kasbi tumanida yangi qurilgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Umumiy loyiha qiymati 4.2 mlrd so'm bo'lgan hamda 150 nafar bolajonlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy ushbu bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi.

Tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev hamda mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda mazkur bog‘cha zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun barcha qulayliklar va texnik jihozlar bilan ta’minlangani, yosh avlodning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, har tomonlama o‘sib unishi, rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, ta’lim sifatini oshirish uchun pedagogik jamoaga zamonaviy o‘quv va tarbiyaviy dasturlar taqdim etilishi rejalashtirilganligi ta'kidlandi.