Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosi o‘zgaradimi?!
Xabaringiz bor, qoraqalpoq tilining lotin yozuviga asoslangan dastlabki "Qoraqalpoq tilining imlo lug‘ati" Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1995-yil 30-dekabrdagi 281/12-sonli qaroriga muvofiq 1997-yil "Bilim" nashriyotidan 2000 nusxada chop etilgan edi. Nomi tilga olingan dastlabki imlo lug‘atining alifbo tartibiga 32 harf kirgan edi. Alifboga olingan 32 harfning 5 ta harfi (a’, o‘, u’, g‘, n’) apostrof belgisi bilan, bitta harf (sh) kirill-rus yozuvidagi ch, sh, sh harflarining vazifasini bajaradigan qilib olindi. Alifbo va imloni yanada takomillashtirish maqsadida chetdan kirgan o‘zlashma so‘zlarga to‘g‘ri yozish uchun zarur harflar qo‘shildi va ularning grafik shakliga o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ldi.
Shunday talablarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2016-yil 10-iyunda qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 91/IX-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu Qonunga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:
1) tub so‘zlarda so‘z boshida e, o, o‘ harflarining "oldidan y va w harfi qo‘shilib e, wo, wo birikmasi tarzida yoziladi" degan o‘zgarish olib tashlandi;
2) a’, o‘, u, g‘, n’, I’, i tovushlarini ifodalovchi apostrof belgilari olib tashlanib, harf ustiga qo‘yiladigan akut (á, ó, ú, g‘, ń, í) belgisiga o‘zgartirildi;
3) hozirgi harakatdagi unli I’, i’ harflaridagi apostrof va nuqta belgilari olib tashlanib, I, i tarzida, ya’ni bosh harfi akut belgisi I, kichik harfi akussiz i tarzida yozilishi berildi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2016-yil 10-iyunda qabul qilingan Qonunida bundan boshqa o‘zgarishlar bo‘lgan emas.
Hurmatli fuqarolar! Norasmiy manbalarga va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni, ish qog‘ozlari, hujjatlar va boshqa yozma materiallarni yozish hozirgi amaldagi qoraqalpoq tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosi asosida davom ettirilishini ma’lum qilamiz.
