Matbuot anjumanida “Cyber Month” tadbirlari haqida ma’lumotlar berildi
2025-11-04 16:10:00 / Media tadbirlar

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot xizmati rahbarlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
👨✈️Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar so‘nggi vaqtlarda xalqimiz orasida bank kartalari bilan bog‘liq o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari kun sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.
🔖Xususan, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 2618 nafar fuqaro kiberjinoyatlardan jabrlanib, 27 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
☝️Murojaatlarning:
➖ 36 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi virusli .apk fayllar va boshqa ilovalarni yuklab olish oqibatida;
➖ 15 foizi tovar va xizmatlar uchun oldindan pul o‘tkazib berishi oqibatida;
➖ 15 foizi pullarini ko‘paytirish maqsadida soxta treyderlar va investorlarga ishonishi oqibatida jabrlangan odamlardan kelib tushgan.
🔹Bu turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning zamonaviy kiberxatarlardan xabardorligi va raqamli savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Cyber Month” tadbirlarining ahamiyati ta’kidlandi.
🔸Shuningdek, oylik doirasida amalga oshiriladigan targ‘ibot tadbirlari, seminar-treninglar, uchrashuvlar, aksiyalar va turli tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
⁉️Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.







