Vazirlar Kengashining Raisi fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqdi
2025-11-03 20:05:00 / Yangiliklar

Vazirlar Kengashining Raisi fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqdi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularni joyida ijobiy hal etish choralari belgilandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid, jumladan, uy-joy bilan ta’minlash, bandlik, Kadastr, moddiy yordam, ta’lim hamda kommunal xizmatlarga doir murojaatlari tinglandi. Har bir masala bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Vazirlar Kengashi Raisi fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, qonun doirasida hal etish, ularning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy adolatni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, qabul yakunida ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yechim ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Mazkur qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyatida xalq manfaatlarini ustuvor qilishga xizmat qilmoqda.





