Ozarbayjonlik investor bilan ahamiyatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-08-08 18:45:00 / Yangiliklar
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Ozarbayjon Respublikasi "Farchitects" kompaniyasi direktori F.Safguliev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida investor tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, xususan, Respublikamizda zamonaviy bog‘cha va maktab binolarini qurish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
F.Safg‘uliyev tomonidan taklif etilgan ushbu loyihalar Qoraqalpog‘istonda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning to‘liq beg‘araz (homiylik asosida) amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdi.




