Shumanay tumanida chorvachilik komplekslariga media-tur tashkil etildi
2025-07-04 09:50:00 / Media tadbirlar
Shumanay tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan tuman hududidagi chorvachilik komplekslari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi. Unda, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli soha rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Media-tur davomida ishtirokchilar chorvachilik komplekslari, chorva mollariga qarov ko‘rsatish sharoitlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni bozorga yetkazib berish tizimi bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida chorvachilik sohasidagi ilg‘or tajribalar, ozuqa tayyorlash, sog‘lom naslni shakllantirish, chorvadorlar salomatligini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan media-tur chorvachilik tarmog‘ining shaffofligini ta’minlash, aholiga bevosita ma’lumot yetkazish va bu sohada erishilayotgan yutuqlarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga xizmat qiladi.






