Nukus tumanida kichik GESlar ishga tushirildi
2025-07-03 09:35:00 / Yangiliklar

Xususan, "Aqterek" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan Bo‘zatov kanali oqimidan foydalangan holda quvvati 15 kilovatt bo‘lgan kichik GES qurildi.
Shuningdek, "Kerder" ovul fuqarolar yig'iniga qarashli "Qizil uy" ovulidagi To‘rtko‘l kanalining suv resurslari negizida soatiga 30 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kichik GES ham ishga tushirildi.
Bu aholi va atrofdagi ijtimoiy ob’ektlarni uzluksiz va barqaror elektr ta'minoti bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ekologik toza va iqtisodiy samarali energiya manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Nukus tumani hokimi Z.Zaytov va soha rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida kichik GESlarning texnik imkoniyatlari, ishlash mexanizmi va ular orqali iqtisod qilinadigan mablag'lar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.





