Xalqaro avtomobil yo‘lining 25 km oralig'ini tsement-beton yo‘lga aylantirish ishlari davom etmoqda
2025-06-30 10:50:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov hamda O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzurudagi Avtomobillar yo’llari Qo’mitasining raisi Jamshid Tursunov bilan birgalikda Respublikamizning Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A-380 «G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 673-698 km (25 km) qismini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida tsement-beton qoplama bilan rekonstruktsiya qilish ishlarining bugungi kundagi beton qoplamasini yotqizish ishlari holati bilan tanishishdi.
Umumiy qiymati 48,7 million dollar bo‘lgan loyiha qurilish ishlarining sifatli olib borilishida xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda maxsus mashina mexanizmlari va ishchi-mutaxassislar safarbar etilgan. Mazkur yo’l xalqaro tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, transport oqimini yaxshilash hamda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

