“Oq kema” oromgohiga faxriy mehmon tashrifi – bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi
2025-06-09 10:40:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida F.Ermanov oromgohning mavjud sharoitlari, bolalarning dam olishi va salomatligini mustahkamlashga qaratilgan infratuzilmalar bilan yaqindan tanishdi. Yorqin ranglarga boy, zamonaviy qulayliklarga ega hudud bo‘ylab sayohat qilgan rais oromgoh jamoasi mehnatini yuqori baholadi.
Uchrashuv jarayonida bolajonlarning ko‘zida porlagan quvonch – ularning qalbida orzu, yuragida esa ishonch borligini yaqqol ko‘rsatdi. F.Ermanov ularni ilmga, sportga, san’atga intilishga chaqirib, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
"Siz – bizning kelajagimizsiz. Har biringizning baxtli, sog‘lom va bilimli bo‘lib voyaga yetishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratish – bizning burchimiz," — deya ta’kidladi F.Ermanov.
Bu tashrif oromgoh hayotiga iliqlik, bolajonlarga esa unutilmas taassurot olib keldi.






