Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Xitoy davlatidan kelgan "Ever prosper Investment & Consulting Co. Ltd." firma rahbari Chen Gang bilan uchrashdi
2025-05-22 16:45:00 / Yangiliklar

Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Xitoy davlatidan kelgan "Ever prosper Investment & Consulting Co. Ltd." firma rahbari Chen Gang bilan uchrashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xo‘jayli tumani hududida "Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi" loyihasining qurilishi bo‘yicha Xitoy davlatidan kelgan "Ever prosper Investment & Consulting Co. Ltd." firma rahbari Chen Gang bilan birgalikda bitimni imzoladi.
Bunda, loyihada keltirilgan ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, qurilish sohasida yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy binolarning qad rostlashi, yangi quriladigan zavod va korxonalarga ekologiyani barqarorlashtirish uchun yashil energetikadan foydalanish, shu jumladan kadrlarni qayta tayyorlash hamda aholi ishsizlik darajasini pasaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.




