Mo‘ynoqda gullar yetishtirilmoqda
2025-05-02 20:50:00 / Yangiliklar

Mo‘ynoqda gullar yetishtirilmoqda
Cho‘l bag‘rida gul ochilsa, bu oddiy voqea emas — bu mo‘jiza! Ilk bor Mo‘ynoq zaminida gullar yetishtirildi!
Bu gullar – nafaqat tabiatning, balki inson mehri va mehnati bilan boyitilgan hayot ramzi. Ular Bo‘zatov OFIning mehnatsevar ayol-qizlari tomonidan parvarishlanib o‘stirildi.
Gullar bugungi kundan boshlab faqatgina issiqxonalarda emas, balki Mo‘ynoqning ko‘chalarida, bog‘larida, inson yuragida gullab-yashnaydi.
Ular shaharimizni bezabgina qolmay, ruhiyatimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gullar insonni xotirjam qiladi, kayfiyatni ko‘taradi, hatto salomatlikni mustahkamlaydi.
Gul isi – tabiiy terapiya, ranglari – tabiatning tilsiz she’ri, har biri – go‘zallikka va yaxshilikka chorlov.
Bugun gullar bilan birga Mo‘ynoqning kelajagi ham gullamoqda!


