Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari Oila va xotin-qizlar qo’mitasining raisi M.Axmedova aholi, ayniqsa xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida o’zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi
2025-04-30 16:55:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar bilan murojaat bildirdilar. Murojaatlar asosan ish bilan ta'minlash va bandlikni oshirish, uy-joy va kommunal xizmatlar bilan bog'liq muammolar, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam masalalari bo’yicha murojaatlar bidirdilar. Qabul davomida har bir murojaat alohida o‘rganilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ba'zi masalalar esa mas’ul idoralar nazoratiga olinib, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilishi ta'minlandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bunday uchrashuv va qabullar orqali davlat tashkilotlariga murojaat qilish, o‘z muammolariga echim topish imkoniyati yaratilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu esa yurtimizda inson manfaatlarini ta'minlash, ayniqsa xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarning samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.






