Yangi O‘zbekistonning yuziga aylanadigan maskan
2025-04-15 11:05:00 / Yangiliklar

Chorvoq sohilida barpo etiladigan “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turistik markazi — nafaqat milliy turizmni rivojlantirish, balki Yangi O‘zbekistonning zamonaviy va ochiq qiyofasini namoyon etuvchi ulkan loyihaga aylanadi.
14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev loyihaning master-reja taqdimoti bilan tanishib, uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan muvozanatli bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.
Kompleks 10 ta tematik hududdan iborat bo‘lib, zamonaviy mehmonxonalar, dam olish maskanlari, madaniy va ta'lim muassasalarini qamrab oladi. Ko‘priklar, piyoda yo‘laklari, shaharsozlik echimlari nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham qulay muhit yaratadi.
Bu loyiha orqali O‘zbekiston xalqaro turizm bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashi, mamlakatning ijobiy imijini yanada oshirishi kutilmoqda.
