Xatlov o‘tkaziladigan hududlar reja-grafigi e’lon qilindi
2024-11-07 09:40:00 / Yangiliklar

⚡️Xatlov o‘tkaziladigan hududlar reja-grafigi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasining 5-avgust kuni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan edi.
Qonunga muvofiq o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida barcha hududlarda xatlov o‘tkaziladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat organlari o‘rtasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi va jarayonlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash maqsadida - "E'TIROF" avtomat axborot tizimi ishlab chiqildi va 2024-2025 yillarda xatlov o‘tkaziladigan hududlar reja jadvali ishlab chiqilib kadastr.uz saytida e’lon qilindi.
Fuqarolar saytga kirib o‘z hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishlari mumkin. Agar reja-jadvalda fuqaroning yashash mahallasi ko‘rinmasa, uning mahallasi 2026-2027 yillarda o‘tkaziladigan xatlov rejasiga kiritilgan bo‘ladi.

