Aholi bilan oçiq muloqot izçil davom etmoqda
2026-11-21 17:35:00 / Yangiliklar

Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farxod Ermanov tasdiqlangan reja-grafik asosida xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida har bir fuqaroning murojaati, taklif va mulohazalari diqqat bilan eşitildi. Kötarilgan masalalarga yuzaki emas, balki ularning asl sabablarini örganiş va aniq yeçim topiş nuqtayi nazaridan yondaşildi.
Ayniqsa, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ortga surmasdan hal etiş, mas’ul taşkilotlar iştirokida ularning ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Zero, xalq bilan muloqot — şunçaki murojaatlarni tinglaş emas, balki insonlarning dardiga quloq tutiş, işonçini oqlaş va hayotida ijobiy özgariş yasaş demakdir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila taşvişi va ezgu umidlar mujassam.
Xalq roziligi yölidagi eng muhim qadam — har bir murojaatga e’tibor, har bir muammoga amaliy yeçimdir.





