Aholi bilan oçiq muloqot izçil davom etmoqda
2026-11-11 20:10:00 / Yangiliklar
Qonliköl tumanida Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari A.Allaniyazov iştirokida fuqarolar qabuli ötkazilib, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, bank kredit hamda boşqa hayotiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaatga mas’ullar iştirokida alohida e’tibor qaratilib, muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.
Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi, ularning ortidan natija bölişi muhimligi ta’kidlandi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlaş va murojaatlarni yakuniga yetkaziş böyiça aniq körsatmalar berildi.
Xalq bilan oçiq muloqot — muammolarni eşitiş emas, ularning yeçimiga erişiş yölidagi muhim qadamdir.






