Qoraqalpoğiston tekstil sanoatida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
2026-11-07 10:35:00 / Yangiliklar

Muloqotda Qoraqalpoğistonda tekstil sanoatini rivojlantiriş, mahalliy korxonalarning işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş, şuningdek, hududda işlab çiqarilayotgan tayyor kiyim-keçak mahsulotlarini AQŞ bozoriga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda sönggi yillarda Qoraqalpoğistonda investitsiya muhitini yaxşilaş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda eksport geografiyasini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar ta’kidlandi.
AQŞ vakillari taşrif davomida hududdagi tekstil korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanişib, ularning işlab çiqariş quvvatlari, texnik imkoniyatlari va eksportbop mahsulot tayyorlaş salohiyatini örgandilar.
Muzokaralar yakunida Qoraqalpoğistonda işlab çiqarilayotgan tayyor tekstil mahsulotlarini AQŞ bozoriga eksport qiliş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuziş, şuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Mazkur kelişuvlar Qoraqalpoğiston tekstil sanoatining xalqaro bozordagi örnini mustahkamlaş, yangi eksport yönalişlarini oçiş, investitsiyalarni jalb etiş hamda hududda yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qiladi.


