Aholi bilan ochiq muloqot izchil davom etmoqda
2026-10-26 18:30:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, mavjud masalalar hamda taklif va tashabbuslari bilan murojaat qildilar. Har bir murojaatni diqqat bilan tinglash, muammolarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaning orzu-umidlari va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash va masalalarni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Asosiy maqsad — fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda har bir insonning murojaati e’tiborsiz qolmasligiga erishishdir.



