Aholi bilan ochiq muloqot izchil davom etmoqda
2026-10-24 17:00:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov ishtirokida tasdiqlangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, umid va ishonch mujassam. Shu bois aholi muammolariga befarq bo‘lmaslik, ularning yechimini topish va murojaatlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.



