Qoraqalpog‘istonda kimyo sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-23 12:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud tabiiy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, xususan, tuzni qayta ishlash va kimyo sanoatini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Tomonlar tuz xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, mahalliy sanoat salohiyatini kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda xorijiy tajriba va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot uchun: «Nimir Chemical Group» — Pokistonning kimyo sanoati va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhi bo‘lib, 1964-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda guruh tarkibiga «Nimir Industrial Chemicals Limited», «Nimir Resins Limited», «Nimir Chemcoats Limited» va «Nimir Energy Limited» kabi kompaniyalar kiradi. Guruh kimyoviy xomashyoni qayta ishlash, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.


