Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-10-21 16:20:00 / Yangiliklar
Bugun Xalq qabulxonasida Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari V.Jollıbekov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglashga qaratilgan qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, ijtimoiy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

