Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: barcha yo‘nalishlarda mas’uliyat va nazorat kuchaytiriladi
2026-10-16 18:15:00 / Yangiliklar

Unda ko‘mir zaxirasini shakllantirish va yetkazib berish, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aholi xonadonlaridagi dudburonlarni tozalash ishlari, yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda barcha tegishli sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda tegishli soha va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida mavsumni betalafot o‘tkazish uchun mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash, zarur zaxiralarni shakllantirish hamda aholi xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.
Mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




