Amudaryo tumanida media-tur tashkil etildi
2026-10-12 15:40:00 / Media tadbirlar
Amudaryo tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida media-tur tashkil etildi.

Media-tur davomida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va muxbirlar tumandagi mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, Daryo bo‘yi, Choyko‘l, Alisher Navoiy va Chordara mahallalarida olib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar o‘rganildi.
Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan loyihalar haqida foto va videolavhalar tayyorlanib, mas’ullar hamda loyiha ishtirokchilaridan intervyular olindi.
Media-tur yakunlari bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritiladi.





