Qilichbozlarimizdan yuqori natija
2026-10-10 10:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-11 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Alpamыs Urakbaev yakkalik bosqichida raqiblariga imkoniyat qoldirmadi va 1-o‘rinni egallab, oltin medalni jamoamiz hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Muxammad Ali Tursыnbaev esa, final bosqichiga qadar etib borib, yakunda faxrli 2-o‘rin va kumush medal sohibiga aylandi.
