Aholi bilan ochiq muloqot izchil davom etmoqda
2026-10-10 10:10:00 / Yangiliklar
Nukus tumani "Aqmang'it" shaharcha fuqarolar yig'inida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Kaypnazarov sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha batafsil suhbatlashildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaatni chuqur o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy echim topish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bunday qabullar aholi murojaatlarini bevosita eshitish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning echimini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





