Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
2026-10-07 10:40:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida subsidiya, ssuda, kasb-hunarga o‘qitish hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Komplayens xizmati bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish, ish jarayonlarida qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Unda tuman va shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari, yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.


