Aholi bilan ochiq muloqot davom etmoqda
2026-10-03 10:20:00 / Yangiliklar
Aholi bilan ochiq muloqot davom etmoqda

Aholi bilan ochiq muloqot davom etmoqda
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari A.Allaniyazov hamda M.Axmedova ishtirokida Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholi murojaatlari tinglandi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.
Muloqotlarda aholining murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.







