Xo‘jayli tumanida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi.
2026-10-02 17:45:00 / Media tadbirlar
Tadbir davomida jurnalist va blogerlarga so‘nggi yillarda soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, "Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari va keng imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuvda OAV vakillari Xo‘jayli tumani soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish va faoliyatini kengaytirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, dasturning davomi sifatida inspeksiyada "Tekshiruvdan - xizmat sari" tamoyili asosida matbuot anjumani tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


