ELLIKQAL’ADA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIGA BAG‘ISHLANGAN MEDIA-TUR O‘TKAZILDI
2026-10-02 17:30:00 / Yangiliklar

Unda respublika ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etib, tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, paxta yetishtirish, uni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Media-tur davomida ishtirokchilarga zamonaviy klaster tizimi faoliyati, paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning navbatdagi manzili "Bo‘ston Cluster" MCHJ bo‘ldi. Jurnalist va blogerlar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, paxtani qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport yo‘nalishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, korxonada yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Media-tur yakunida ishtirokchilar soha vakillari bilan suhbatlashib, tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.






