Davlat dasturi ijrosi va Jamoatchilik kengashi faoliyati: ochiq muloqot va jamoatchilik nazorati
2026-09-28 08:50:00 / Yangiliklar

Unda davlat va jaomat tashkilotlari mas’ul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda mavjud masalalar yuzasidan axborot berildi.
Jamoatchilik eshituvi ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar davlat dasturi ijrosi bilan bog'liq masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Muhokamalar davomida Jamoatchilik kengashining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rni, fuqarolar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda jamoatchilik fikrini qarorlar qabul qilish jarayonlarida inobatga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, uning ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta'minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda Jamoatchilik kengashi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.





