Startap loyihalar: g‘oyadan amaliy natijagacha
2026-09-25 16:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11-fevraldagi «Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g'risida»gi PQ-59-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan «Startap klub» tomonidan innovatsion g'oya va istiqbolli startap loyihalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy va tijoratbop loyihalarga aylantirishga ko‘maklashib kelmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida navbatdagi «Startap klub» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta istiqbolli startap loyiha taqdimoti o‘tkazilib, loyihalarning amaliy imkoniyatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv innovatsion ekotizimni rivojlantirish, yosh tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy g‘oyalarni raqobatbardosh biznes loyihalariga aylantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarga qiziqish bildirilib, ularni hamkorlik asosida amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.




