Korrupsiyaning oldini olish — barchamizning vazifamiz
2026-09-24 16:25:00 / Yangiliklar

Unda Vazirlar Kengashining Komplayens xizmati rahbari M.Rametov hamda tegishli vazirlik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi talablar va xodimlarning xizmat faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishdagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday holatlarga duch kelganda belgilangan tartibda murojaat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda korrupsiyaning oldini olish faqatgina tegishli tuzilmalarning emas, balki har bir xodimning kundalik faoliyatidagi mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasiga bog‘liq ekani ta’kidlandi.



