AMUDARYODA QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJIGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA SEMINARI O‘TKAZILDI
2026-09-21 10:40:00 / Yangiliklar

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov, Raisning qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Kamil Aytbayev, barcha tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari hamda soha bo‘yicha respublika miqyosidagi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Seminar davomida tumanning Choyko‘l, To‘lqin va Oq oltin ovullari hududlaridagi fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, ishtirokchilar bug‘doy ekish jarayonlari, paxta yig‘im-terimi mavsumining borishi, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida Amudaryo tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida yaratilgan amaliy tajriba va imkoniyatlar namoyish etildi.




