Fuqarolar murojaatlari e’tiborda: muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda
2026-09-12 14:10:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda: muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda
Bugun tasdiqlangan reja-grafik asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov va uning o‘rinbosari A.Allaniyazov tomonidan Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, kundalik hayotida duch kelayotgan masalalar hamda turli sohalardagi taklif va murojaatlari bilan murojaat qildilar.
Xususan, bandlikni ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy yordam olish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va uni kengaytirish, yer bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan murojaatlar tinglandi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan boshqa ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha ham murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonuniy asosda hal etish, tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq vazifalar belgilash hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Bunday qabullar aholining muammolarini bevosita o‘rganish, ularni ortga surmasdan amaliy yechim topish va fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Asosiy maqsad — har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning qonuniy manfaatlari turganini inobatga olgan holda, ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topishdir.





