Murojaatlar yechimiga alohida e’tibor qaratildi
2026-09-11 09:35:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari A.Shamuratov ishtirokida tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish vazifalari belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va samarali hal etilishi, aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.




