Ochiq muloqot va amaliy yechimlar
2026-08-22 19:25:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda jami 15 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Murojaatlar davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy va iqtisodiy masalalar, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yer va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, muammolarni qonuniy asosda hal etish, fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday qabullar aholining murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




