TA’LIM MUASSASALARINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI MUHOKAMA QILINDI
2026-08-19 16:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev, vazir maslahatchisi Sarvarxon Buzrukxonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i Tatlimurat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Amanjol Ayapov hamda mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muhokama qilindi.
“Ma’naviyat va ma’rifat xonasi”ni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash masalasi ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim muassasalarida bayramona va ko‘tarinki ruhni aks ettiruvchi muhit yaratish, hududlarni obodonlashtirish va zamonaviy talablarga muvofiq bezatish, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni mazmunli va yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, bayram shukuhini keng targ‘ib etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.




